O‘zbekiston va IEC: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi va Bosh ijrochi direktori Filipp Metsger ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning 2027-yil 1-yanvardan IECda to‘laqonli a’zo sifatida faoliyat boshlashi munosabati bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida IEC xalqaro standartlarini milliy amaliyotga […]