Hurmatli soha fidoyilari, qadrli metrologlar!
Sizlarni kasb bayramingiz – 20 may Butunjahon metrologiya kuni bilan O‘lchash vositalari va texnik
mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz!
Joriy yilda ushbu sana xalqaro mi qyosda “Metrologiya: muhim qarorlarni qabul qilishda ishonchni mustah kamlash” shiori ostida nishonlanmoq da. Bu bejiz emas. Zero, har qanday strategik qaror – xoh u davlat bosh qaruvi, jamoat xavfsizligi bo‘lsin, xoh energetika, ekologiya yoki iqtisodiy barqarorlik – barchasi aniq o‘lchashlar va ishonchli dalillarga tayanadi. Laboratoriya faoliyatida tarixiy burilish va zamonaviy bosqich. Laboratoriyamiz faoliyati bugungi kunda sifat va xavfsizlikni ta’minlash ning muhim bo‘g‘iniga aylangan. Agar tarixga nazar tashlasak, avvallari maz kur laboratoriya faqatgina 5 turdagi sinovlarni amalga oshirish bilan cheklangan edi. Bugungi kunda esa tizimli islohotlar natijasida ushbu sinov turlari 14 taga yetkazildi.
Jumladan:
1. Og‘irlik sinovlari.
2. Gabarit o‘lchamlari sinovlari.
3. Izolyatsiya mustahkamligini
sinash.
4. Elektr izolyatsiyasi qarshiligini
sinash.
5. Issiq iqlim sharoitida sinash.
6. Sovuq havo harorati sharoitida
sinash.
7. Namlik sharoitida sinash.
8. Birinchi raqamli xavfsizlik dara jasida kirish qismlarini sinash (IP1X–
IP6X).
9. Ikkinchi raqamli xavfsizlik dara jasida o‘tkazuvchanlikni sinash (IPX1–
IPX8).
10. Mavjud qopqoq qismlari va
bo‘shliqlarni, sizish yo‘llarini tekshirish.
11. Radioxalaqitlar talablariga
sinash.
12. Shovqin miqdorini o‘lchash.
13. Iste’mol quvvatini tekshirish.
14. Tok sizib chiqishini tekshirish.
Yaqin istiqbolda ushbu ko‘rsatkich ni yana 2 taga oshirish, ya’ni 16 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, laboratoriyada avtotransport vositalari oynalarining tusi o‘zgartirilgan qismlarining qoray tirilganlik darajasini (yorug‘lik o‘tka zuvchanligini) aniqlash bo‘yicha yangi turdagi sinov xizmatlari ham yo‘lga qo‘yildi. Yana bir muhim jihat – laboratoriyaning akkreditatsiya sohasi misli ko‘rilmagan darajada kengaydi. Avval lari 21 ta ko‘rsatkich bo‘yicha sinovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 469 tani tashkil etmoqda. Bu esa xizmatlar ko‘lami va sifatining yuqori darajaga chiqqanidan dalolat beradi. Qolaversa, laboratoriyaning o‘z shaxsiy logotipiga ega ekani uning brendi va nufuziga bo‘lgan e’tiborning ifodasidir.
Har qanday texnika va uskuna orti da, shubhasiz, inson mehnati turadi. Ushbu yutuqlarga erishishda labora toriya xodimlarining hissasi beqiyos. Bugun laboratoriyamizda 6 nafar pro fessional mutaxassis faoliyat yurit moqda. Quvonarlisi, jamoada ilmiy salohiyatga ega 2 nafar mustaqil tadqiqotchi, 1 nafar magistrant va 3 nafar yuqori malakali mutaxassis (bakalavr) soha rivoji yo‘lida samarali mehnat qilmoqda.
Inson salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, o‘lchashlardagi xatoliklar ning oldini olish yo‘lidagi xizmatlarin giz tahsinga loyiq. Sizlarga mustahkam sog‘liq, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz. Sizning bilim va mas’uliyatingiz – mamlakatimiz taraqqiyotining mus tahkam kafolatidir!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!