#Qoraqalpogiston_Respublikasi_filiali
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor yo‘nalish
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N.Mamadalieva Agentlik tizimidagi tashkilotlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga tashrif buyurib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi. Unda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy, ijtimoiy va amaliy mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, xodimalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini kuchaytirish maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbatlarda ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan faol qatnashdilar.
Tadbirda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, gender tenglikni ta’minlash hamda kasbiy faolligini oshirish va xavfsiz mehnat muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bu boradagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida ham tushunchalar berildi.
Mazkur uchrashuv xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birlashuvni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.