Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) hamda Italiyaning SIAD Macchine Impianti S.p.A. kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda SIAD Macchine Impianti S.p.A. kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Artur Aleksandrovich Chernyx ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, SIAD Macchine Impianti S.p.A. neftni qayta ishlash, neft-kimyo, energetika va oziq-ovqat sanoati uchun kompressorlar, havoni ajratish hamda tabiiy gazni suyultirish (LNG) qurilmalarini ishlab chiqarishda jahon yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
— O‘zMMI Chirchiq filialida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan kalibrlash gaz qorishmalari uchun zarur bo‘lgan toza va o‘ta toza gazlarni yetkazib berish;
— Ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha SIAD mutaxassislarining metodik ko‘magini tashkil etish;
— O‘zMMI mutaxassislari uchun SIAD kompaniyasining zamonaviy ishlab chiqarish bazalarida o‘quv-amaliyotlar va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Mazkur hamkorlik mamlakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirish, gaz qorishmalari ishlab chiqarishda yuqori aniqlik va xalqaro sifat ko‘rsatkichlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil