Aniq vaqt

Turkiy davlatlar metrologiya assotsiatsiyasi (TURKMET) tashkil etilmoqda

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida a’zo mamlakatlar milliy metrologiya institutlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda sohadagi hamkorlikning yangi bosqichi — Turkiy davlatlar metrologiya assotsiatsiyasini (TURKMET) tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Tadbir davomida tashkilot Ustavining yakuniy loyihasi ko‘rib chiqildi va ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Tomonlar assotsiatsiyaning tashkil etilishi turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ilmiy integratsiyani mustahkamlashda muhim poydevor bo‘lishini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida milliy metrologiya institutlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishini offlayn formatda o‘tkazish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq tadbirlarni o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Mazkur yangi tuzilma metrologiya sohasidagi standartlarni muvofiqlashtirish va o‘zaro tajriba almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil