Aniq vaqt

Yoshlar kuni: ilm va tajriba uchrashuvi

Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 2-aprel kuni soat 11:00 da O‘zMMIning 2-qavat katta majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv mehmoni — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi, taniqli matematik olim Mirfozil Abdulxaqovich Mirzaahmedov bo‘ldi.

Tadbirni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov ochib berdi.

Uchrashuv davomida ustoz o‘zining ilmiy faoliyati, hayotiy tajribasi hamda yoshlar oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Institut yoshlari tadbirda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va batafsil javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarni ilm-fan yo‘lida yanada faol bo‘lishga undab, ularga katta motivatsiya berdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil