O’zMMI Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida metrologiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zMMI Komplaens nazorat bo‘limi mas’ullari tomonidan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’ruza qilindi. Seminar davomida xodimlarga sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar […]