O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal Physical-Technical Institute (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv treningi tashkil etildi. Mazkur trening vaqt va chastota yo‘nalishiga bag‘ishlandi.
![]() |
Trening jarayonida Tailand milliy metrologiya instituti eksperti O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasida mutaxassislar uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
O‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar vaqt oralig‘i va davr o‘lchashda noaniqliklarni baholash, kalibrlash jarayonlarini shakllantirish, shuningdek o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC)ni Bureau International des Poids et Mesures (BIPM) ning asosiy solishtirish maʼlumotlar bazasi (KCDB)da eʼlon qilish tartibi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
Maʼlumot uchun, ushbu o‘quv trening xarajatlari Germaniyaning Federal Physical-Technical Institute (PTB) tomonidan qoplanmoqda.
