Aniq vaqt

O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti hamda Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA) o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

TİKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ajar Esin xonim bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida iste’molchilar murojaatlari asosida o‘lchash vositalarini joyida o‘rganish va nazorat qilish jarayonlarini mobil tarzda tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Ajar Esin xonim mazkur tashabbusni yuqori baholab, metrologiya sohasiga katta qiziqish bildirgan holda, kelgusida Institut faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurish niyatini ma’lum qildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil