![]() |
|
![]() |
![]() |
Namangan viloyatida texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimi tashkilotlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” hamda “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzularida seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti DM Namangan filiali O‘zbekiston TJTS Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Namangan viloyati bo‘limi hamda UzTest DM Namangan filiali xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi D.Ziymatov, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” xizmati boshlig‘i A.Fozilov- “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati” DM Komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Sh.Alimov va boshqalar ishtirok etdilar.
“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi D.Ziymatov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida tashkil etilganini taʼkidladi. U o‘z so‘zida tizimdagi muammo va kamchiliklarning oldini olish, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bugungi kunning ustuvor vazifasi ekanini qayd etdi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar noroziligiga sabab bo‘luvchi holatlarning oldini olish, har bir xodimning halol va masʼuliyatli faoliyat yuritishi davlat siyosati darajasida belgilab berilgan vazifalardan ekani alohida taʼkidlandi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish mexanizmlari hamda komplayens nazoratining ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Bunday tadbirlar tizimda qonun ustuvorligini taʼminlash, xizmat faoliyatida shaffoflikni kuchaytirish va jamiyat ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.


