O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sa’y harakati bilan mamlakatimizda o‘lchash sohasini tubdan rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Maqsad — qimmat import uskunalarga qaramlikni kamaytirish va zamonaviy, aniq hamda ishonchli o‘lchash vositalarini o‘zimizda ishlab chiqarish.
![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ilmiy-konstruktorlik loyihalari doirasida namunaviy o‘lchash vositalarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib, sanoat uchun muhim bo‘lgan 17 turdagi o‘lchash va sinash uskunalari ishlab chiqildi. Mazkur uskunalarni energetika, neft-gaz, metallurgiya, qurilish, temir yo‘l transporti, kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘llash mumkin.
Ushbu qurilmalar orqali elektr, bosim, harorat, sarf, hajm, sath va uzunlik kabi muhim ko‘rsatkichlar yuqori aniqlikda o‘lchanadi. Barcha o‘lchovlar milliy etalonlarga bog‘langan — demak, ishonchli, qayta tiklanuvchan va xalqaro standartlarga muvofiq.
Davlat reyestriga kiritilgan, sifati xorijiy analoglardan qolishmaydigan, narxi arzon va iqtisodiy samarali bo‘lgan uskunalarni 2026-yildan boshlab korxona va tashkilotlarga ushbu mahalliy uskunalarni keng joriy etish taklif etilmoqda.
Ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan maqsad import xarajatlarini kamaytiradi, milliy ishlab chiqarish rivojlanadi, ilmiy ishlanmalar amaliyotga tatbiq etiladi va
texnologik mustaqillik va eksport salohiyati oshadi.
Zamonaviy va istiqbolli uskunalarni tijoratlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish istagidagi korxonalarni hamkorlikka chorlaymiz. Agar siz innovatsion yechimlarni bozorga olib chiqish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan bo‘lsangiz — biz bilan bog‘laning!
📞 Ma’lumot uchun qo‘ng‘iroq qiling:+ 99894 610-30-87
👤 Jonibek Fayziyev
