![]() |
![]() |
![]() |
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining “Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi”ga kuch birligini taqqoslash bo‘yicha 40-etalon – Kuch birligini taqqoslash milliy etaloni qabul qilindi.
Mazkur etalonning joriy etilishi dinamometr orqali kuch birligini yuqori aniqlikda o‘lchash vositalariga uzatish imkonini yaratadi. Shuningdek, kuch o‘lchash etalon mashinalarini, siqish va cho‘zish sinov qurilmalarini, kuch o‘lchash tizimlarini kalibrlash jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Yangi etalon kuch o‘lchash sohasida xalqaro solishtirishlarda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi metrologik infratuzilmaning barqaror rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.


