Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekistonda ilk bor raqamli kalibrlash sertifikati qo‘llanildi

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi xodimi tomonidan akustik o‘lchashlar sohasida raqamli kalibrlash sertifikati (Digital calibration certificate – DCC) ni qo‘llash bo‘yicha yarim avtomatlashtirilgan kalibrlash tizimi ishlab chiqildi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu loyiha O‘zbekiston metrologiyasida ilk bor taqdim etilmoqda.

🔄Mazkur raqamli kalibrlash sertifikati generatsiya qilish funksiyasi akustik kalibratorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, hosil qilinadigan raqamli kalibrlash sertifikati PTB DCC 3.0 standart talablariga mos hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Raqamli kalibrlash sertifikati (DCC) mashina o‘qiydigan shaklda bo‘lib, uni sanoatning avtomatlashtirilgan tizimlariga qo‘llash va Sanoat 4.0 tarmoqlariga tadbiq etish imkonini beradi. Shuningdek, dunyoning eng ilg‘or milliy metrologiya institutlari raqamli kalibrlash sertifikatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni olib borishmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil