Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

JCRB 49-yig‘ilishi: global metrologiyada hamkorlik va innovatsiyalar yo‘nalishi belgilab olindi

​​

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan Jahon metrologiya sohasidagi nufuzli xalqaro anjuman — Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari va Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) huzuridagi Mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining qo‘shma qo‘mitasi (JCRB)ning 49-yigilishi o‘z ishini yakunladi.

Unda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

  • KCDB hisobot: statistik tahlillar taqdimoti, shuningdek, 5 yildan ortiq davr mobaynidagi qiyosiy solishtirishlar haqida fikr almashildi.

  • CMC taqdimotlari va ularni ko‘rib chiqish jarayoni hamda CIPM MRA hujjatlari bo‘yicha takliflar. Ushbu qismda CIPM/114-7 (2025) qaroriga muvofiq CIPM MRA doirasidagi bekor qilish masalasi yuzasidan tushuntirish berildi.

  • Action 48/1 muhokamasi — EURAMET tomonidan taklif etilgan CMClarni izchil qiyosiy solishtirishlar orqali tasdiqlash masalasi.

  • BIPM xizmatlarining raqamli transformatsiyasi haqida ma’lumotlar.

  • CBKT hisobot va shu kabi turli masalalar.

Yigilish yakuniy qismida JCRB raisi doktor Martin Milton so‘zga chiqib, 50-yigilishning muddatlari va o‘tkazilish joyini belgilab berdi hamda qabul qilingan qarorlar, tavsiyalar va amaliy harakatlarni o‘qib eshittirdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Toshkent shahrida JCRBning nufuzli yigilishini o‘tkazish O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. Jumladan:

  • milliy metrologiya tizimiga xalqaro ishonch mustahkamlanadi;

  • O‘zbekiston laboratoriyalarining natijalari xalqaro darajada e’tirof etiladi;

  • zamonaviy o‘lchash standartlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish imkoniyati yaratiladi;

  • mahalliy mutaxassislar uchun xalqaro tajriba almashish, stajirovka va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydigan aniq va ishonchli o‘lchash tizimi rivojlanadi.

    Shu tariqa, mazkur anjuman nafaqat O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirdi, balki milliy metrologiya tizimini zamonaviy talablar asosida yanada rivojlantirish va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilish uchun yangi yo‘nalishlarni ochib berdi.