![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
⛈ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) va (http://nim.uz/) Xitoy metrologiya instituti (NIM) (https://english.nim.ac.cn/) o‘rtasida 2025-yil 10-yanvarda imzolangan kelishuvga muvofiq, joriy yilning 15–18-sentabr kunlari Xitoy metrologiya instituti qovushqoqlik laboratoriyasi boshlig‘i Dr. Zhang Zhengdong O‘zMMIda amaliy safar bilan bo‘lib turibdi.
⚡️ Safar davomida O‘zMMIga tegishli qovushqoqlik va zichlikni o‘lchash vositalarini xalqaro standartlar asosida kalibrlash ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlarda ushbu yo‘nalishda bilim va ko‘nikmalar almashinuvi, hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
⚡️ Mazkur hamkorlik ikkitomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi va milliy etalonlar sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



