Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimi Singapur milliy metrologiya markazi malaka oshirmoqda.

🔵 Malaka oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish grant dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔴 Malaka oshirish davomida A*STAR NMC Vaqt va chastota laboratoriyasi texnik bazasi bilan yaqindan tanishish, Osiya-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) (https://apmpweb.org/) Vaqt va chastota texnik qo‘mitasi (TCTF)ning milliy vaqt shkalasi, chastota va vaqt oralig‘ini kalibrlash qo‘llanmalarini o‘rganish, Vaqt va chastota sohasida o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC) qatorlarni chop etish va 2025 yil
Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) Vaqt va chastota maslahat qo‘mitasi (CCTF) tomonidan Vaqt va chastota xizmatlari klassifikatoriga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish nazarda tutilgan.

🟢 Malaka oshirish 3 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilning 2-may sanasiga qadar davom etadi.