Aniq vaqt

G‘adir-budirlik kattaliklari o‘lchash etaloni ishga tushirildi

 

 

🌀 O’zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)ga Buyuk Britaniyaning «Taylor Hobson» kompaniyasi (https://www.taylor-hobson.com/)tomonidan yuqori aniqlikdagi kontaktli stilusli profilometr «Form Talysurf PGI NOVUS» etaloni ishga tushirildi.

🌀 «Taylor Hobson» kompaniyasining mutaxassisi Navena Gangadharappa O’zMMI mutaxassislari bilan birgalikda ushbu etalonni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Shuningdek, «Form Talysurf PGI NOVUS» etalonidan foydalanish va kalibrlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o’quv-seminari tashkil qilindi.

♾ Ma’lumot o’rnida, mazkur etalon yordamida, ISO 5436-1 xalqaro standarti asosida, barcha turdagi g’adirbudurlik na’munalarini 0.2 nm aniqlikda o’lchash imkoniyatiga erishildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil