![]() |
O‘zbekiston Respublikasining yana 3 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СMС-qatorlar) Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) roʻyxatga olindi.
✅ Ushbu СMС-qatorlar O‘zbekiston milliy metrologiys institutining Radiotexnik kattaliklar, ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasi (UzNIM SSDL jamosi) tomonidan qo‘lga kiritildi.
✅ Hozirda O‘zbekiston Respublikasining jami СMС-qatorlari soni 8 taga yetkazildi:
6 tasi (RI) ionlashtiruvchi nurlanishlar, 2 tasi (PR) fotometriya va radiometriya yo‘nalishida.
