![]() |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati orqali yurtimizdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlarimiz yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
Ahamiyatlisi, «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganlar safida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bo‘lim mutaxassisi Gaziyeva Lyubov Borisovnaning ham e’tirof etilgani jamoamiz uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.
Lyubov Gaziyeva 37 yillik metrologiya sohasidagi ish faoliyati davomida ko’plab loyihalarni amalga oshirgan, O‘zbekistonda ilk bor yangi Akustika, tebranish hamda Vaqt va chastota etalonini yaratilishida, shuningdek, Vaqt va chastota etaloni yordamida O‘zbekistonning milliy vaqt shkalasi UTC (UZ)ni hosil qilinishida bevosita ishtirok etib, yosh kadrlarga o‘zi bosh-qosh bo‘lib kelmoqda.
Faxr bilan ayta olamizki, Lyubov Borisovnaning fidokorona faoliyatiga e’tirofni jamoamizga bo‘lgan katta ishonch, deb bilamiz!
![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi nomidan Lyubov Gaziyevani ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz, institutimizning nufuzini yuksaltirish yo‘lida tizimning barcha xodimlari uchun ibrat bo‘lib, kuch-g‘ayrat bilan fidoyilik ko‘rsatib kelayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatida bundan-da ulkan yutuqlar tilab qolamiz!

