![]() |
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining tub mohiyatida insonni komillikka intilish, ijodini oʻrganish orqali esa chinakam maʼnaviyatni his etish, mumtoz adabiyotning bashariyat hayotida tutgan oʻrnini bevosita anglash mumkin.
«Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasining Samarqand hamda Xorazm filialida ikki buyuk mutafakkir tavalludiga bag‘ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokidagi ushbu tadbirlarning badiiy qismida Navoiyning gʻazal va ruboiylari oʻqilib, qoʻshiqqa aylangan sheʼrlari yodga olindi.
![]() |
Maʼnaviyat kechasida soʻz olganlar tomonidan Hazrat Alisher Navoiy ijodi barcha oʻzbeklarning mushtarak merosi ekanligi, ushbu merosni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga toʻla-toʻkis yetkazish zarurligi borasida fikrlar bildirildi.

