![]() |
![]() |
![]() |
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda Nazorat inspeksiyasi hududiy filiallari vakillari shuningdek hududda joylashgan sanoat korxonalari vakillari ishtirokida korxonalar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalarga bag’ishlangan seminar-trening o’tkazildi.
Tadbirda so’zga chiqqan ishtirokchilar texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar mohiyatiga to’xtalib, sohaga oid tushuncha va tavsiyalar berilib, korxonalar vakillarining savollariga javoblar berdilar.
Shuningdek, faoliyat jarayonida korxonalarda standart va metrologiya qonun talablari buzilishini oldini olish yuzasidan ularga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


