Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Startap-loyihalar debochasi

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) direktori hamda Inno innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparki (https://innotechnopark.com/uz/) bosh direktori ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅ Suhbat davomida kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda startap-loyihalarni yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek kadrlar salohiyati va malakasini oshirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Bundan tashqari xodimlarni ilmiy tadqiqot faoliyatini samarali tashkil qilish istiqbollariga ham eʼtibor qaratildi.

✅ Muloqot yakunida mehmonlar O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalari faoliyati, uning salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

#UzNIM #startap #innotexnopark #innovation

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil