“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy-tadqiqot universiteti hamkorligida sanoat korxonalariga standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida malakali kadrlarni tayyorlash hamda sohaga doir ilm-fan va ta’limni rivojlantirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Uchrashuvda Universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologiya va muvofiklikni baholash yo‘nalishida innovatsion laboratoriyalar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv amaliyot darslarini Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlaridagi sinov va kalibrlash laboratoriyalarida tashkil etish, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish, kelajakda ushbu sohada yetuk malakali kadrlarni tayyorlash istiqbollari, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda tizim tashkilotlari imkoniyati va malaka xodimlarining salohiyatidan foydalanish masalalari muhokama etildi.



