Gamburg shahrida o‘lchash texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan IMEKO tashkilotining XXIV Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Ma’lumot uchun: 1958 yilda tashkil topgan IMEKO 42 ta a’zo tashkilotdan iborat nodavlat tashkilot bo‘lib, uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
– ilmiy-texnikaviy axborotning xalqaro almashinuvi
– o‘lchov va asbobsozlik sohasida
– tadqiqot va ishlab chiqarish sohasida olimlar va muhandislar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
“Metrologiya haqida o‘ylaymiz!” (Think Metrology!) shiori ostida o‘tkazilgan IMEKOning mazkur anjumanida 50 dan ortiq davlatlardan 1 000 nafarga yaqin mutaxassislar orasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari ham ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda O‘zMMI mutaxassislarining ishtiroki Germaniya fizik-texnik universiteti (PTB) tomonidan amalga oshirilayotgan «CABUREK» ( Capacity Building Using Regional Experience and Knowledge – Mintaqaviy tajriba va bilimlardan foydalangan holda salohiyatni oshirish) xalqaro loyiha doirasida amalga oshirildi.
![]() |
Anjumanda Germaniya fizika texnik instituti (PTB) sobiq prezidenti Joachim Ullrich, Xalqaro tarozi va o‘lchovlar qo‘mitasi (CIPM) Prezidenti Wynand Louw, Germaniya Iqtisodiyot va innovatsiya vaziri Melanie Leonhardlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Shuningdek, anjuman davomida IMEKOning 25 ta texnik qo‘mitalarining faoliyati, erishilgan natijalari hamda rejalashtirilgan ishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti IMEKOning TQ 6 – Raqamlashtirish (TC6 – Digitalization) Texnik qo‘mita a’zosi hisoblanadi.
![]() |



