Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Ilmiy-tadqiqot ishlari hamkorlikda yanada kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboev o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonga Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining laboratoriyalari, yoshlar uchun ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish imkoniyatlari, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

2024-2025-yillarda etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy guruhlarni tashkil etish va ushbu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama etildi.
Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish hamda ushbu loyihalarni amalga oshirishda yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda xorijiy ekspertlarni jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Agentlik tizim tashkilotlari yosh olimlari, mutaxassislarini xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy malaka oshirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil