Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

“Yo‘l xaritasi” Hamkorlik dasturi imzolandi

KOOMЕT Qo‘mitasi yig‘ilishi doirasida bir qator davlatlarning soha vakillari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi metrologiya mavqeini yanada ko‘tarish borasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L. Saidoripov hamda Qozog‘iston standartlashtirish va metrologiya instituti (KazStandart) Bosh direktori Yerkejan Amirxanova va Bosh direktor o‘rinbosari (metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha) Aydar Abilda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida metrologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda uchrashuv natijalariga ko‘ra metrologiya sohasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Hamkorlik dasturi imzolandi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil