Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekiston vakillari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishdi

   Joriy yilning 9-10 aprel kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida MGSning metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining (NTKMetr) navbatdagi 59-yig‘ilishi va metrologiya sohasida asos bo‘luvchi hujjatlar bo‘yicha ishchi guruhining (RG ODM NTKMetr) navbatdagi 24-yig‘ilishi hamda “METROLOGIYA 2024” xalqaro ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Bitim ishtirokchi-davlatlari Armaniston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘isizton, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy metrologiya idoralari shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va Standartlar byurosi vakillari ishtirok etishdi.

Vakillarimiz:

9-aprel kuni RG ODM NTKMetr navbatdagi 24-yig‘ilishida kun tartibiga asosan RG ODM NTKMetr doir bir qator masalalar, jumladan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqarilayotga davlarlararo standartlar va tavsiyalar loyihalari bo‘yicha amalda oshirilgan ishlar hamda ushbu hujjatlarning birinchi tahriri yuzasidan takliflar eshitildi;

10-aprel kuni NTKMetr navbatdagi 59-yig‘ilishida kun tartibiga asosan NTKMetr ishchi guruhlari faoliyati, Bitim ishtirokchi-davlatlar o‘rtasida o‘lchash natijalarini tan olish jarayonlari, “O‘lchashlarni yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risida”gi namunaviy qonun loyihasining tarkibi hamda “MGS ga a’zo mamlakatlar davlat etalonlari reestri” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi mavzular ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekistonda metrologiya sohasida
2023 yilda amalga o‘shirilgan boyicha hisoboti taqdimot shaklida taqdim etildi.

Shuningdek, ushbu yigilishlar doirasida bolib otgan “METROLOGIYA 2024” xalqaro ilmiy-texnik anjumanida o‘z ilmiy maqolalari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil