Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Institut xodimlari ilmiy maqolasi SPRINGER va SCOPUS bazasidagi xalqaro konferensiya to‘plamida chop etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Sheroz Ismatullayev va Vahobjon Nishonovlarning Bosniya va Gertsegovina davlati VERLAB instituti professorlari bilan hamkorlikda tibbiyot metrologiyasi va uni O‘zbekiston Respublikasiga joriy qilishning samaradorligi yuzasidan olib borgan ilmiy tadqiqot natijalari bilan bog‘liq maqola SPRINGER va SCOPUS bazasidagi “Mediterranean Conference on Medical and Biological Engineering and Computing International Conference on Medical and Biological Engineering, MEDICON 2023” xalqaro konferensiya to‘plamida chop etildi.

Konferensiya 2023 yil 14-16 sentyabr kunlari Bosniya va Gertsegovina davlatining Sarayevo shahrida o‘tkazildi va konferensiyada O‘zMMI xodimlari o‘zlarining taqdimoti bilan ishtirok etishdi.

https://link.springer.com/cha…/10.1007/978-3-031-49068-2_9

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil