Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Koʻrgazmali amaliyot darslari davomli olib boriladi

   Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti oʻrtasida yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Unga asosan talabalarga filialda amaliy koʻnikmalar berib boriladi. Shu kunlarda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 2-kurs talabalari filialda boʻlib, olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirishmoqda. Talabalarga aniq oʻlchashlar sirlarini filialning malakali mutaxassislari oʻrgatishmoqda.

Talabalarning ilk amaliyot jarayonida filial faoliyati, hududdagi aniq oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyoj va oʻlchashlarning inson hayoti, taqdirida sifat hamda xavfsizlikni taʼminlashi boʻyicha keng maʼlumot berib oʻtiladi, koʻrgazmali oʻlchashlar amalga oshiriladi.
Filialda oʻtkazilayotgan bu kabi koʻrgazmali amaliyot darslari davomiyligi belgilab olingan.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil