Navbatdagi xalqaro e’tirof

Mashaqqatli va professional jamoaviy ish natijasida joriy yilning 1 martdan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (05-bo‘lim) Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasi (keyingi o‘rinlarda – UzNIM SSDL deb yuritiladi) IAEA/WHO SSDL Network to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun: IAEA/WHO SSDL Network – Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) […]
Qirg’izistonda texnik trening o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda institutning o‘lchashlar va kalibrlash xizmati markazi mutaxassislari Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML)ning R 111 hujjatiga asosan tarozi toshlarini kalibrlash bo‘yicha texnik treningda qatnashishmoqda. Mazkur trening Qirg’iziston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya markazi laboratoriyalarida tashkil etilgan. Bugun o‘z nihoyasiga yetadigan xalqaro trening Germaniya fizika-texnika instituti (PTB) loyihasi doirasida tashkil etilgan.