Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasida navbatdagi etalon yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasiga Qattiq jismlarning tebranma harakatidagi tezlik, tezlanish va uzunlik birligi etaloni yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda. Ushbu etalon yordamida yuqori aniqlikdagi tebranish datchiklari, vibrometrlar va tebranish kalibratorlarini qiyoslash, kalibrlash hamda ularning noaniqliklarni baholash ishlari amalga oshirilmoqda. O‘lchashlar bajarishda ISO 16063-11 va ISO 16063-21 xalqaro standartlaridan foydalanilmoqda.