Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) oʻrtasidagi texnik hamkorlik doirasida “Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasini yaratish” UZB6015 (Establishing the Secondary Standards Dosimetry Laboratory) loyihasi boʻyicha navbatdagi bosqich oʻlchash vositalarini foydalanish, joyiga oʻrnatish, sozlash va sinovdan oʻtkazish ishlari boshlandi.
Joriy yilnig 15-avgustidan loyiha doirasida yetkazib berilgan gamma va rentgen nurlagichli yuqori aniqlikdagi 2 ta qurilmalar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydalanish joyiga oʻrnatish, sozlash, sinovdan oʻtkazish va tegishli dasturiy ta’minot asosida ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, avgust-sentabr oylarida mutaxassislarning malakasini oshirish yuzasidan treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.