Özbekiston Milliy metrologiya instituti (ÖzMMI) vakili 2026 yil 14–21 noyabr kunlari Yangi Zelandiyaning Vellington şahrida bölib ötgan Osiyo–Tinç okeani metrologiya dasturi (APMP) Boş assambleyasining 42-yiğilişi doirasida taşkil etilgan Ionlaştiruvçi nurlanişlarni ölçaş texnik qömitasi (TCRI) yiğilişida iştirok etdi.
Nufuzli xalqaro tadbir 2026-yil 14–21-noyabr kunlari Yangi Zelandiyaning Vellington şahrida, mamlakatning Metrologiya instituti (MSL – Measurement Standards Laboratory of New Zealand) mezbonligida bölib ötdi.
Assambleya doirasida ötkazilgan texnik qömitalar yiğilişlaridan biri — Ionlaştiruvçi nurlanişlarni ölçaş texnik qömitasi (TCRI) yiğilişida ÖzMMI vakili Azamat Taubaldiyev tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi:
🔹ÖzMMI laboratoriyasining joriy holati, amalga oşirilayotgan ilmiy faoliyat hamda laboratoriyani kelgusida rivojlantiriş rejalari böyiça taqdimot ötkazildi;
🔸Yetakçi laboratoriyalar vakillari bilan radioaktivlikni ölçaş böyiça birlamçi laboratoriyani taşkil etiş masalalari muhokama qilindi;
🔻ÖzMMI laboratoriyasi tomonidan APMP.RI(I)-K5.2026 asosiy soliştiruvi doirasida ölçaş işlarini amalga oşiriş muddatlari kelişib olindi;
🔺APMP.RI-H1.2022 gibrid soliştiruvi natijalari taqdim etildi.
✅Mazkur xalqaro tadbirda iştirok etiş ÖzMMI mutaxassisi uçun xorijiy ekspertlar bilan tajriba almaşiş, yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, istiqbolli xalqaro soliştiriş loyihalarida iştirok etiş hamda Özbekiston milliy metrologiya tizimining xalqaro metrologiya hamjamiyatidagi örnini yanada mustahkamlaş yölida muhim imkoniyat böldi.
APMP doirasidagi bunday hamkorlik Özbekistonda milliy etalonlar bazasini rivojlantiriş, ölçaş imkoniyatlarini kengaytiriş, metrologik xizmatlar sifatini xalqaro talablar asosida oşiriş va mamlakatimizning xalqaro metrologiya tizimiga integratsiyalaşuvini jadallaştirişga xizmat qiladi.
Ta’kidlaş joizki, mazkur xalqaro anjumanda Özbekiston vakilining iştiroki Germaniya Fizika-texnik instituti (PTB) tomonidan amalga oşirilayotgan “Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantiriş” loyihasi doirasida qöllab-quvvatlandi.