Aniq vaqt

MDHning Metrologiya böyiça ilmiy-texnik komissiyasining 64-yiğilişi bölib ötdi

2026 yil 17 noyabr kuni videokonferensaloqa şaklida Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş böyiça davlatlararo kengaş (MDK) huzuridagi Metrologiya böyiça ilmiy-texnik komissiyaning (MTK) 64-yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş davomida metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, ölçaşlar birliligini ta’minlaş, normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş, metrologik işlar natijalarini özaro tan oliş, şuningdek, laboratoriyalararo soliştirişlar va standart namunalar böyiça dasturlarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Xususan, Özbekiston taşabbusi bilan kun tartibiga kiritilgan ölçaş vositalarini verifikatsiya qiliş tartibiga ötiş munosabati bilan dastlabki metrologiya tekşiruvi natijalarini özaro e’tirof etiş böyiça MDKning normativ-huquqiy va normativ-uslubiy bazasini takomillaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, yiğiliş iştirokçilari KOOMET va MDK örtasidagi hamkorlik istiqbollari, 2026–2030 yillarga möljallangan qöşma dasturlarni amalga oşiriş hamda metrologiya sohasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Özbekistonning Metrologiya böyiça ilmiy-texnik komissiya faoliyatidagi iştiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, metrologik talablarni uyğunlaştiriş hamda milliy ölçaşlar birliligini ta’minlaş tizimini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil