Aniq vaqt

DAVLAT BAYROĞI — MILLIY ĞURURIMIZ VA IFTIXORIMIZ!

Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.

🇺🇿Şahar markazida taşkil etilgan bayram tadbirida davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, keng jamoatçilik yoşlar şuningdek, Özbekiston milliy metrologiya institutining Qoraqalpoğison filiali xodimlari ham iştirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, yiğilganlarni uşbu qutluğ sana bilan samimiy tabrikladi. Öz nutqida Davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi beqiyos örni, uning milliy özligimiz, mustaqilligimiz, tinçligimiz va birdamligimiz ramzi sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Bayram davomida Vatanimizning boş ramziga bölgan yuksak hurmat va ehtirom, xalqimizning milliy ğururi hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyğulari öz ifodasini topdi.

Darhaqiqat, Davlat bayroği — bu şunçaki ramz emas, balki xalqimizning şonli tarixi, bugungi bunyodkorlik salohiyati va yorqin kelajagiga bölgan işonç timsolidir.

🇺🇿Bayroğimiz doimo baland hilpirasin, yurtimiz tinç, xalqimiz farovon bölsin!