Aniq vaqt

Yozgi Maktab

BIPM–COOMET UTC Summer School
BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL
28–30 sentabr, 2026

📣 2026-yil 28–30-sentabr kunlari Toshkent shahrida
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)
mezbonligida “BIPM–COOMET UTC Summer School”
xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbir
Bureau International des Poids et Mesures (BIPM),
COOMET TC 4 “Information and Training” hamda
O‘zMMI hamkorligida tashkil etilmoqda va
IEEE UFFC tomonidan homiylik qilinmoqda.

🎯 Yozgi maktabning asosiy maqsadi
Coordinated Universal Time (UTC) va milliy vaqt
shkalalari UTC(k)ni yaratish, solishtirish,
uzatish hamda ularning metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash
bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish,
shuningdek, COOMET va boshqa mintaqaviy metrologiya tashkilotlarida
faoliyat yurituvchi mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini
rivojlantirish.
📚 Yozgi maktabning asosiy yo‘nalishlari
✓ UTC va UTC(k) vaqt shkalalari va ularning shakllantirilishi;
✓ Atom soatlari va yuqori aniqlikdagi chastota etalonlarining ishlash prinsiplari;
✓ GNSS orqali vaqt va chastotani uzatish texnologiyalari;
✓ Vaqt va chastota o‘lchashlarining metrologik kuzatiluvchanligi;
✓ Vaqt va chastota ma’lumotlarini statistik tahlil qilishda zamonaviy dasturiy va analitik vositalardan foydalanish;
✓ Vaqt va chastota o‘lchashlarida noaniqlikni baholash;
✓ Milliy vaqt va chastota infratuzilmasini rivojlantirish masalalari.
📍 O‘TKAZILISH JOYI
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti
Toshkent, O‘zbekiston
📅 SANA
28–30 sentabr, 2026
3 kunlik xalqaro yozgi maktab
📄Anonsni ko‘rish