Aniq vaqt

O‘zMMI mutaxassislari RLMO xalqaro davra suhbatida KOOMET nomidan ishtirok etdi

2026-yil 17-iyun kuni Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha hududiy tashkilotlarning (RLMO Round Table) xalqaro davra suhbatining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda AFRIMETS, APLMF, GULFMET, WELMEC, KOOMET va SIM tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda KOOMET nomidan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari — TCLM raisi Marat Yunusov va TCLM ijrochi kotibi Natalya Farxodova ishtirok etib, hududiy tashkilotning joriy faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’ruza qildilar.

Muhokama qilingan asosiy mavzular:

Raqamlashtirish va ta’lim: OIMLning raqamli transformatsiya bo‘yicha ishchi guruhi (DTG) hisoboti hamda eLearning platformasini rivojlantirish masalalari;
Tadqiqotlar: qonunchilik metrologiyasi uchun dasturiy ta’minot va qayta tiklanuvchi dizel yoqilg‘isi (HDRD) hisobini yuritish bo‘yicha izlanishlar;
OIML infratuzilmasi: OIML-CS sertifikatlashtirish tizimidagi yangilanishlar va rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash (CEEMS AG) yo‘nalishlari.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar CIML seminarlarining mavzularini belgilab oldilar, Davra suhbatining ish yo‘nalishlariga aniqlik kiritdilar hamda navbatdagi yig‘ilish sanasini kelishib oldilar.