Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Rossiya Federatsiyasining Butunrossiya sarf ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIR) va Tatariston Respublikasi standartlashtirish va metrologiya markazi (SSM Tatariston).
Tomonlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Hamkorlik doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining gaz va suyuqlik sarfi laboratoriyasi mutaxassisi VNIIR bazasida stajirovka o‘tamoqda. Malaka oshirish jarayonida gaz va suyuqlik sarfini o‘lchash vositalari, jumladan, kritik mikrosoplalar, rotometrlar, elektromagnitli, ultratovushli, koriolisoviy hamda vixrevoy turdagi sarf o‘lchagichlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.
Amaliyotning asosiy maqsadi neft-gaz sanoati va sanoat xavfsizligi sohalarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini kalibrovka qilish usullarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga mos zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Uchrashuvlar davomida metrologiya sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Xususan, etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarining metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash, OIML hujjatlari hamda tavsiyalarini laboratoriya amaliyotiga joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshirish va mutaxassislar uchun amaliyot hamda o‘quv dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, etalonlar tarkibini takomillashtirish, ularning metrologik xususiyatlarini oshirish bo‘yicha tajriba almashish, EURAMET, APMP va COOMET doirasidagi qo‘shimcha solishtirishlarda ishtirok etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik metrologiya tizimini Xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
#Metrology #GasFlow #LiquidFlow #OIML #EURAMET #APMP #COOMET #UzNIM #VNIIR #SSMTatarston