Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya Institutida o‘lchash vositalarini kalibrlash — aniqlik va sifat kafolati

Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligi hamda mahsulot xavfsizligini ta’minlashda metrologik nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining nisbiy namlik kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasida termogigrometrlar va namlik o‘lchagichlarni kalibrlash ishlari zamonaviy texnologik asosda amalga oshirilmoqda.

Ushbu o‘lchash vositalari tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish, logistika hamda omborxona tizimlarida mikroiqlim va materiallar namligini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi.

Kalibrlash jarayoni o‘lchash vositalarining ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikdagi etalonlar bilan taqqoslash orqali ularning ishonchliligini ta’minlaydi. Bu esa xalqaro standartlarga muvofiqlikni tasdiqlash, iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish va mahsulot hamda xizmatlar sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

Institut tomonidan berilgan kalibrlash sertifikatlari milliy o‘lchash tizimining xalqaro darajada tan olinishiga va mamlakat eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda.