![]() |
![]() |
Joriy yilning 29-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ullari “INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2025” ko‘rgazmasi doirasida ilk bor texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasiga bag‘ishlangan plenar sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiya Federatsiyasining “Rosstandart” federal agentligi rahbari A.Shalaev, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston sanoat korxonalari, oliy ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqdi.
![]() |
![]() |
Mashinasozlik va metalurgiya, kimyo, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi sanoati, oliy ta’lim kabi sohalarda texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish yunalishlariga alohida e’tibor qaratilib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
![]() |
![]() |
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq “Rosstandart” federal agentligi tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga dastlabki etalon taqdim qilindi.
![]() |
![]() |







