Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Metrologiyada navbatdagi qadam: O‘zbekiston xalqaro o‘lchovlar xaritasida yanada mustahkam!

O‘zbekiston Respublikasining yana 1 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СMС-qatorlar) Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) roʻyxatga olindi.

Ushbu СMС-qatorlar O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kuchi va kuchlanish laboratoriyasi (O‘zMMI EML jamoasi) tomonidan elektr qarshiligi yo‘nalishida 10 kOm dan 1000 kOm gacha o‘lchashlarda qo‘lga kiritildi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining jami СMС-qatorlari soni 11 taga yetkazildi: