
![]() |
![]() |
O‘zbеkiston milliy mеtrologiya institutida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Korea Institute for Advancement of Technology (KIAT), Korean Testing Laboratory (KTL) hamda Korea Testing Certification (KTC) tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasida izchil rivojlanib borayotgani, o‘zaro ishonch va yuqori darajadagi muloqotlar bilan mustahkamlanib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Tomonlar “O‘zbekistonda elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalarni metrologik tekshirish va sertifikatlash markazini tashkil etish hamda xodimlar salohiyatini oshirish” loyihasi yuzasidan takliflarni muhokama qilib, fikr almashdilar.
Loyiha doirasida elektr transport vositalari uchun zaryadlovchi qurilmalar bo‘yicha metrologiya va sertifikatlash tizimini shakllantirish, maxsus markaz tashkil etish va uni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, asosiy texnik xodimlarni maxsus o‘quv dasturlari asosida tayyorlash rejalashtirilgan.
![]() |
![]() |
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



