![]() |
![]() |
![]() |
9-fevral – buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy hamda 14-fevral temuriylar sulolasining yorqin vakili, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Muhammadali Abduqunduzov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva ishtirok etib, o‘zlarining betakror ijodiy chiqishlari, san’at yo‘lidagi tajribalari va hayotiy xotiralari bilan yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning samimiy chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda tizimda faoliyat yurituvchi barcha xodimlar ishtirok etib, buyuk ajdodlarimizning boy adabiy-ma’naviy merosiga yana bir bor hurmat bajo keltirdilar.
![]() |
![]() |
![]() |
Uchrashuvni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ochib berib, Navoiy va Bobur siymosi xalqimiz ma’naviy hayotida beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarning ma’naviy dunyosini boyitib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni yanada mustahkamladi.






