Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

📢 E’lon Metrologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar va tadbirkorlar diqqatiga!

📈 2025-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlari (tariflari) yangilanadi. Ushbu qaror avvalgi davr xarajatlari bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari tahlili, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan quyidagi xarajatlar o‘zgarishini inobatga olgan holda qabul qilindi:

🟠xodimlar mehnatiga haq to‘lash;

🟠foydalaniladigan materiallar va tovar-xomashyo qiymati;

🟠energiya resurslari va kommunal xizmatlar narxlari;

🟠amortizatsiya ajratmalari va soliq stavkalari;

🟠zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy ta’minotlarni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar.

💻 Yangi tariflar mazkur xizmatlarning haqiqiy xarajatlar darajasiga moslashtirilgan holda shakllantirildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan preyskurantlar bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining rasmiy veb-sayti — http://nim.uz dagi “Mijozlar uchun” bo‘limida tanishishingiz mumkin.

🔍Shuni alohida ta’kidlaymizki, xizmatlar (tariflar) qiymatini o‘zgartirish, eng avvalo, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini, barqarorligini ta’minlash, metrologik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.