Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

🇪🇺. Yevropada «O‘n uchinchi Yevropa vaqt va chastota» seminari bo‘lib o‘tdi.

🇫🇷. Franiyada FEMTO-ST instituti tomonidan tashkil etilgan “The 13th European Frequency and Time Seminar”da O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (http://nim.uz/) xodimlari ishtirok etdi.

🕓 Seminarda Atom vaqtining aniqligi, barqarorligi va uzatilishi muhokama qilindi. Ushbu ishtirok Germaniyaning PTB instituti ko‘magida, “Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyiha doirasida amalga oshirildi.

🔬 Seminar davomida:

🔄Atom soatlari va chastota etalonlari (rubidiy, seziy, vodorod maser)

🌟Faza shovqini va chastota barqarorligi

🌐Allan og‘ishlari orqali tahlil

🔭 Kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari (CMC) bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

↗️ Olingan bilimlar O‘zMMI vaqt va chastota laboratoriyasining xalqaro tan olingan CMC imkoniyatlarini rivojlantirish hamda UTC(UZ) milliy vaqt shkalasini respublika bo‘ylab uzatishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil