Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Oʻlchashlar natijalarini xalqaro tan olinishi yoʻlida…

 Kecha Rosstandart vakillari Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida boʻlib milliy etalonlar bazasi, sinov va kalibrlash laboratoriyalari va ularning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Shundan soʻng ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida ayrim laboratoriyalarni modernizatsiya qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, xodimlarni malakasi va koʻnikmalarini Rosstandart metrologiya institutlari laboratoriyalarida oshirish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, sohaga doir ilmiy izlanishlar olib borish, tajriba almashish hamda Respublikaning kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlarini СМС qatorlarda chop etish yoʻlida mintaqaviy metrologik tashkilotlar doirasida xalqaro solishtirishlarda hamkorlikda ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil