
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS) “MDH MGS ning eng yaxshi yosh metrogogi” xalqaro tanlovini eʼlon qildi.
Xalqaro tanlov MGSga aʼzo Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlarining yosh metrologlari orasida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
– Ilmiy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi;
– Amaliy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi;
– Raqamli metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi;
– MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi maxsus nominatsiyasi.
Bunda ilmiy darajasi va lavozimidan qat’iy nazar MGS ga a’zo MDH davlatlarida ilmiy yoki amaliy metrologiya sohasida ish olib borayotgan, 40 yoshgacha bo‘lgan metrologlar ishtirok etishlari mumkin.
Xalqaro tanlovga o‘zining ilmiy ishini taqdim etib, og‘zaki ma’ruza bilan himoya qiladigan talabgor ko‘pi bilan 3 nafargacha yosh metrolog hammuallif sifatida ishtirok etishi mumkin. Ma’ruza va ilmiy ish bitta mavzuda bo‘lishi shart.
MDHdagi MGS ga a’zo davlatlarida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar, aspirantlar, doktorantlar, muhandis-texnik ishchilar mazkur tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Xalqaro tanlovning maqsadi quyidagilar:
– Yosh metrologlarning davlatlararo va mintaqaviy darajada xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini kuchaytirish;
– Yosh metrologlarga xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy darajada o‘lchashlar bir xilligini ta’minlash sohasida tajriba almashish va dolzarb muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish uchun maydon yaratish;
– Yosh metrologlarni metrologiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan tadbirlarda ishtirok etish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish, MDH ga a’zo davlatlar o‘rtasidagi yaqin sohaviy aloqalar va faol hamkorlik, shuningdek, global metrologik hamjamiyat miqyosida ham;
– MDH MGS tashkilotlari va a’zo davlatlaridagi hamkasblariga yosh metrologlarning ilmiy ishlari taqdimoti;
– Yosh metrologlarni sohasidagi roli va yutuqlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish.
Tanlov uch turda o‘tkazilib, talabgorlar hujjatlari qabul qilish va baholash, ikkinchi turda amaliy topshiriq bajarish, oxirgi turda esa og‘zaki ma’ruza tinglanadi hamda ilmiy qo‘mita tomonidan g‘olib aniqlanadi.
G‘oliblarga diplom, guvohnoma, ko‘krak nishoni topshiriladi.
Mazkur xalqaro tanlovga ishtirok etishni xohlagan va batafsil maʼlumot olish uchun yosh metrologlar Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Ilmiy-innovatsion rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Ruslan Valiyevga (tel: 97 746-70-88) murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, mazkur xalqaro tanlovda yosh metrologlar ishtirokiga Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti xayrixoh sanalib jamoada tanlovga talabgor xodimlarga barcha sharoitlarni yaratib beradi.
Shuningdek, institutda xalqaro tanlovlar gʻoliblari, sohaga doir xalqaro sertifikat sohiblari va xalqaro loyihalar ishtirokchilarini ragʻbatlantirish hamda mukofotlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.