Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Ishchi yigʻilish oʻtkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha davlatlararo Kengashning (MGS) Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKMetr) doirasida videokonferensaloqa shaklida ishchi yigʻilish oʻtkazildi.

Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM), D.I.Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM) (Rossiya Federasiyasi) va Standartlar byurosi vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda putur yetkazmasdan tekshirish sohasida xodimlarining malakasi va sertifikatlash boʻyicha ISO 9712:2021 xalqaro satandarti asosida UzNIM tomonidan ishlab chiqilgan davlatlararo standart loyihasini qayta ishlab chiqib Bitim ishtirokchi davlatlariga yuborishga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida kadrlar tayyorlashga, o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Va bu boradagi ishlar rejalashtirildi.