Joriy yilning 17-oktyabr kuni Italiya milliy metrologiya instituti (INRiM)ning Lazer texnologiyasi va uzunlikni oʻlchash boʻyicha vakili professor Zucco Massimo Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati va metrologiya sohasidagi soʻnggi yangilanishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida hajm, bosim, uzunlik oʻlchash va boshqa yoʻnalishlar orqali OʻzMMI va INRiM oʻrtasida oʻzaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, mintaqaviy metrologiya tashkiloti (EURAMET) doirasida amalga oshiriladigan solishtirish loyihalarida sheriklikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.