Shu kunlarda Janubiy Afrikaning Pretoriya shahrida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Ulugʻbek Panjiyev 1 oylik ilmiy stajirovkada ishtirok etmoqda.
Stajirovka Janubiy Afrika milliy metrologiya institutining (NMISA) Tebranish laboratoriyasida amalga oshirilmoqda. Stajirovka maxsus dastur asosida tashkil etilgan boʻlib unda tebranish sohasida qoʻllaniladigan birlamchi va ikkilamchi etalonlar bilan tebranish oʻlchash vositalarini xalqaro standart ISO 16063-11, ISO 16063-21 talablari asosida kalibrlashga doir masalalar koʻrib chiqilmoqda.
Stajirovka NMISAning ekspert mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologi mazkur stajirovkada Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovdan muvafaqiyatli oʻtib, maxsus grant doirasida ishtirok etmoqda.